“Снежный краб” tayoqchalaridan tayyorlangan baliq sho’rvasi

60 мин
Protein miqdori yuqori

No'ananaviy sanalgan “Снежный краб” qisqichbaqa tayoqchalaridan tayorlangan shurva, qaymoq, sabzavotlar va xushbo'y ko'katlar solingan baliq sho'rvasi baliq ishqibozlarini quvontiradi. Hammasi bo'lib yigirma davqiqada xam yoqimli xid va a'lo darajadagi ta'm kafolatlanadi.

Sizga kerak bo'ladi

• 1 kg xom baliqni boshlari va dumlari
• 200 g “Снежный краб” kiskichbaqa tayoqchalari
• Ko'katlar bog'lami (ukrop, petrushka, kashnich, rayhon va b.)
• 2-4 ta lavr bargi
• 5-7 ta qora muruch
• Tuz

  • 1 dona katta piyoz
  • 2-3 ta sarimsoq tishchalari
  • 3- ta kartoshka
  • 2-3 osh qoshiqda sariyog'
  • 2-3 osh qoshiqda un
  • 1 ta banka konservalangan pomidor (yangi tozalanganni mayda to'g'rash yoki tomat pyuresidan foydalanish mumkin).
  • Qaymoq

Tayyorlash

1
Kostryulga baliq, ko'katlar, tuz, muruch, lavr yaproqchalari, to'g'ralgan piyoz, sarimsoq soling va 30-40 daqiqa qaynating.
2
Tayyorlangan bulyonni suzgichdan o'tkazing va mayda to'g'ralgan kartoshka, sabzi va sarimsoqdan tayyorlagan pyureni qo'shing.
3
Bulyonda tayyorlangan sabzavotlarni qirg'ichdan o'tkazing
4
Qizigan tovaga yog', ozgina bulyon va un soling, olingan massaga konservalangan pomidorni qo'shing va bir necha daqiqa qovuring.
5
Hosil bo'lgan massani qirilgan bulyon sabzovotlarni bilan aralashtiring va yana 10-15 daqiqa qaynating.
6
Tayyorlashni oxirida sho'rvaga yirik to'g'ralgan qisqichbaqa tayoqchalarini soling.
7
Tayyor bo'lgandan so'ng, smetana va ko'katlar solib sho'rvani stolga tortish mumkin.